avatar
Куч
213.69
Рейтинг
+84.39

Saydullayev Sunnatilla

Мақолалар

Lol qoldirishning 5 usuli

Бизнес ва карьера

O`zgalarni lol qoldirishni 5 usuli:
O`zgalarni ishonchini oqlayman deb yashash — bu unchalik yaxshi fikr emas. Ba`zida «stop» deya o`zgalarni hayron qoldirishimiz ham mumkin.
Demak, birovni lol qoldirmoqchi bo`lsangiz unda....
1. O`zingizni hayotingiz bilan yashang
Doim birovni fikridan kelib chiqgan holda ish qiladigan odamlarni biz yaxshi bilamiz.

Mening stilim qani ?

Shaxsiy stil — qayerda u ?. Tan olishim kerak, menga o`z fikrlarimni bayon etish yoqadi. Ba`zida miyyamda tug`ilgan fikrdan hursan bo`lib ketaman, yoki kayfiyatim tushib ketadi. Hayollarga cho`mganimda o`zgalar uchun o`zga, o`zim uchun yaqin dunyoda sayr qilib yuraman. U yerda mendan boshqa hech kim yo`q. Fikrlar oqimi esa tinmaydi. U har hil

OLA - aqlli eshik qulflari

Новые технологии
Aqlli qurilmalar ko`payib bormoqda lekin bir xillikdan qochgan xolda yangi qurilma bilan insonlarni OLA kompaniyasi lol qoldirmoqda. 
OLA kompaniyasi eshik qulflariga daktiloskopik datchik o`rnatishdi. Oddiy qilib aytganda barmoq izi skaneri. Endi keraksiz kalitlar va aksesuarlarni unutsa ham bo`ladi. 

Xonaga kirish uchun eshik ruchkasini ushlashni o`zi kifoya. Begona odamni OLA uyga kirgizmaydi. Eshik unga ochilmaydi.

Yo`l qoplamasi endi plastik bo`ladimi ?

Новые технологии
Asfalt — yo`l qurilish sohasida yagona hom ashyo emas. Yo`l qoplamasini plastikdan ishlab chiqarsa ham bo`ladi.  Bu g`oyani Niderlandiyalik olimlar ilgari surishdi. 

Ushbu revolyutsiyani VolkerWessels firmasi amalga oshirmoqchi. Qanday qilib deysizmi? Qayta ishlangan plastik butilkalar yordamida.

Mening bobom, mening qahramonim

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Salom, yuqoridagi postlarni to`g`risi o`qigim kelmadi. Sababi u yerda hamma o`zining bobosi va buvisini maqtagan, ular erishgan yutuqlari haqida maqola yozganlar. To`g`ri bu maqtovga loyiq. Lekin real hayotda ularning yarmidan ko`pi ota-onasi, buvisiyu bobosidan 1 haftada bir martta habar oladi. Chunki onaning ko`ngli bolada, bolaning ko`ngli da-la-da. Maqolalar bir xil kontekstga ega. «Mening bobom 70 yosh, urushga qatnashgan, mahallada hamma ularni hurmat qiladi» shu gapning iloji boricha cho`zib katta matn hosil qilishga harakat qilishadi. Haqiqat, chinakam qahramonlik nima ekanligini bilish uchun urushda qatnashish, yoki mahallada faol qariya bo`lish shart emas. Odamning olasi ham olmosi ham ichida bo`ladi. Pessimistik ruhda yozilgan maqolani ko`rib hayron bo`lmang. Sababi tun yaqinlashgan sari har qanday realist ham melanholik holatga kelib qoladi. Mening bobom, ha mening bobom men uchun haqiqiy qahramon. 6 yoshimda ukam bilan yetib qolganman, oilamiz krizis paytni boshidan o`tkazayotgan davr. Ota bo`la turib farzandini yo`qotgani yetmaganday, ikki nafar nabirasini «Otam qachon keladi» degan savollariga javob berish ular uchun qanchalik mushkul bo`lgan. Biz bebosh, aql hushimizni yig`ib olmagan kichik bolachalar edik. Har kuni tongda bobom bizni maktab-bog`chaga olib borar ekan «Otam qani ?» degan savolga «Otang ana Quyoshni dumalatib chiqmoqda, hozir charchagan, ahir Quyoshni dumalatishni o`zi bo`lmaydi, u dam olayapti» der edilar. Men ukamdan yoshim katta bo`lgani bois allaqachon otam yo`qligini bilan edim. Vaqtlar o`tib ukam ham maktabga chiqdi. Men esa shaxrimizning eng zo`r maktabida o`qir edim .Sinfimizda ko`proq boy shaxslarning farzandlari o`qigani bilan bobom meni ulardan kam qilib qo`ymas edi. Bobom urushda qatnashmagan, lekin menga hayotdagi muammolar jangidan qanday qutulish sirlarini o`rgatganlar. 8 sinf bo`lishim bilan bobom meni Sartarosh jiyanlariga shogirtlikga berdilar. Usha paytlarda yo`l haqqiga 200 so`m berar edilar. Lekin kunlarning birida o`zim peshona terim bilan 1800 so`m ishlab topib bobomga «Mana sizga, oling o`zim ishladim, o`z qollarim bilan» deganimda yuzlarini shapkalari bilan berkitib rosayam yig`laganlar. Bu kunlarni unutib bo`lmaydi. Maktabni bitirib litseyga kirganimda kompyuterga judayam qiziqishim ortib ketdi. Bir kuni bobomga menga kompyuter uchun videodarslik kerak deganimda, shanba kuni ertalab Yangiobod bozoridan 3-4 ta videodarslik olib berdilar. Keyinchalik har shanba kuni soat 6 da Yangioboddan disk oladigan bo`ldi. O`zingiz o`ylab ko`ring yoshi salkam 65 ga chiqgan bobom ertalab uyg`otib bozorda o`zi uncha tushunmagan mavzuga oid disklarni olib o`qishimni hohlar edi. Mana hozir shu bilimlar orqali yaxshi ish joyida ishlayman. Mana jasorat qanday bo`ladi. Bobom hali ham tirik va men ulardan hali juda ko`p bilimlarni o`rganishim lozim. Bobom, mening dunyoyim, Bobom mening qahramonim

6 TB li SSD xotira saqlovchi

Новые технологии
   Fixstars 6 TB xajmli SSD ni ishlab chiqarmoqda. 
Kompyuterimda, fleshkamda joy qolmadi deydiganlar uchun yaxshi yangilik. Endi 6 TB ni to`ldirib ko`ringchi. 
Fixstart dunyoga hajmning yangi kengligini ochib berdi. SSD-6000M deb nomlanuvchi xotiraning hajmi 6TB(6000GB). 2.5 dyumli platformaning 6TB xotirani o`zida saqlay olishi bu REKORD. Qurilmaning o`qish tezligi 540MB/s, yozish esa sekinroq 520 MB/s. Kompyuterga SATA-600 interfeysi orqali ulanadi. Og`irligi 97 gramm
Maqolaga oid rasmlarni ko`rish uchun bosing

F110-G2: Getac dan balo urmaydigan Planshet

Новые технологии
 «Balo urmaydigan» degan so`z albatta ma`joziy ma`noda edi va bunday deyishga sabab bor.
Getac kompaniyasidan ishlab chiqarilmoqchi bo`lgan F100-G2 plansheti haqiqatda ham juda qattiq himoya moduliga ega ekan. 
Gadjet judayam ekstremal holatlarda ham ishdan chiqishi qiyin. Zarbga bardoshli, suv, chang, chayqalish va qo`ldan tushib ketishdan qo`rqmaydi. Shunga qaramay mazkur planshet judayam kuchli qurilmalardan tashkil topgan. Asosi Intel ning yangi Broadwell nomli protsessoridan tashkil topgan.
F100-G2 issiq va sovuqni indamasdan qabul qiladi. Aniqrog`i: +60gradusdan — 21 gradus selsiygacha chiday oladi. 
Qurilmaning yuragi 2 yaderli Core i7-5500U chipidan tashkil topgan. Grafika uchun Intel HD Graphics 5500 javob beradi. Operativ hotirasi 4 dan 8 GB gacha. Doimiy hotiradi esa 128 GB dan 256 GB gacha. Qurilmada Bluetooth 4.0, 8Megapixel kamera, Wifi,HDMI,USB 3.0, Web camera va GPS bor. Qurilmaning og`irligi 1.39 kg. Dasturiy qurilmasi Windows 7 (talabga ko`ra Windows 8 ham o`rnatish mumkin). Narx xali o`rnatilmagan, lekin osmon bo`lishi tabiiy :)
Gadjet rasmlari ushbu manzilda

CHIP - 9 dollarlik mitti kompyuter

Новые технологии
Bir paytlar Raspberry Pi ning 35$ lik kompyuteri dunyoni hayratda qoldirgan edi. Lekin jahon bozorida bundanda ajoyib takliflar paydo bo`lmoqda.
CH.I.P proekti 9 dollarga mini komyuterni taklif qilmoqda. Mustaqil dasturchilar uchun ajoyib yechim. 
Qurilma:
— Allwinner A13 protsessori
— Bluetooth 4.0
— Kompozit videochiquvchi
— Wi-Fi 802.11 B/G/N
— 512 MB RAM(OZU)
— 4GB hotiraga ega.
Platformani Next Thing Co ixtiro qilgan. Ajoyibligi — bu eng kerakli modullar bilan jihozlangan va uni ta`bga qarab kengaytirish mumkin. 
Narx albatta o`sadi, chunki VGA li CH.I.P 19 dollarga tushadi. Agar HDMI kerak bo`lsa, 24$.
To`liq jamlanmani sotib olmoqchi bo`lganlar uchun Pocket CH.I.P taklif qilinadi. Bu varantni siz 49$ ga harid qilishingiz mumkin va siz to`liq kompyuterga ega bo`lasiz. POCKET CH.I.P da QWERTY klaviatura, 3000mAch quvvatli batareya va 4.3 dyumli ekran bor. Dasturiy qurilmasi Debian(Linux). Qurilma brauzerlar, ofis dasturlari va boshqa muhim dasturlarni ishlata oladi. Ko`rinib turibdiki CH.I.P, optimistik kelajak sari qo`yilgan qadamlardan biri. Ko`p sonli ishlab chiqarish uchun ixtirochi kerakli summani Kickstarter dan to`pladi. Qurilma 2015 — yilda sotuvga chiqadi
Rasmlarni ko`rish uchun bosing

Rockioo - soat ko`rinishidagi suv o`tmaydigan telefon

Новые технологии
 Kaliforniyalik ishlab chiqaruvchi Jeki Yang, e`tiborga loyiq yangi devays ixtiro qildi. Ixtironing nomi Rockioo deb nomlanadi.
E`tibor qilsak bu — «aqlli soatlar» turkumiga kiruvchi smartfonga o`xshaydi. Gadjet to`liq avtonom. U qo`ng`iroqlarni boshqa mobil telefonlar sinxronizatsiyasisiz ham amalga oshira oladi va qabul qiladi. Qurilmaga 3G aloqa moduli o`rnatilgan.
Rockioo nimasi bilan raqobatdoshlaridan ajralib turadi ? Yuqori sifatdagi ishonchliligi bilan. Qurilmaning korpusi titandan tashkil topgan. Bundan tashqari, suvdan zarar ko`rmaydigan qobiliyati ham bor(ichki himoya). Rockioo — 50 metr chuqurlikdagi suvga tushib ketganda ham ishlayveradi.
Texnik xarakteristikasi(ashqal dashqali :)):
-MediaTEK ning 2 yaderli chipi
-GPS
-512 MB RAM(OZU)
-Wi-Fi
-Xotirasi 4 GB
-500 mACH quvvatli batareya
-MicroSIM uchun slot
Ekrani 1.63 dyumli, 320 ga 320 pikselli OLED panel bilan boyitilgan. Displeyga qirilishlar hech gap emas, sababi displey sapfir oynadan tashkil topgan.
Va yana qurilma fitnes muhlislariga ham yoqib tushdi. Unda maxsus ko`rsatkichlar va firmaning DT si orqali trenirovkalarni kuzatish mumkin. Rockioo — Android 4.4 da ishlaydi
Xozircha avtor qurilmani ishlab chiqarish uchun xomiy izlamoqda. Sotuvga 2015-yilning iyulida chiqish belgilangan. Narxi: 189 dollar
http://infopda.ru/article/show/id/2

Endure - tirik qolishda yordam beradigan ruchka

Новые технологии
  Tasavvur qiling siz sivilizatsiya va yangi texnologiyalardan ancha uzoqda bir makonda qolib ketdingiz va yoningizda faqat bitta dona ruchka bor. Agar bu ruchka Endure bo`lsa be`malol hursand bo`lavering. Sababini endi bilasiz. Gadjet oddiy ruchka sifatida emas, balki qiyin sharoitda tirik qolishda yordam beradigan moslamalar qatoriga kiradi. Uning qobiliyatlari ham kam emas:
5.5 dyumli titandan ishlangan korpusi bilan, siz uni turli xil qattiq ishlarda ishlatishingiz mumkin.
Yana nima? Haa, aytgancha Endure  — o`zining ichki zajigalka si va maxsus qutqaruv signal beruvchi raketachasi bilan maqtana olish tabiiy. Yovvoyi tabiatda eng kerakligi ham shu. O`tkirligi sabab u bilan yer qazish, daraxtlar va maysalarni chopish mumkin va yana unda maxsus hushtak ham bor. Eng kerakli va funksional ruchkaning narxi 90 AQSH dollariga baholandi. Mazkur mahsulot 2015-yilning oktyabriga ommaga havola etilish niyyatida. Maxsulot Kickstarter da ilk bor ko`rsatilgan va ularga avvaldan buyurtma bor. Agar siz ham buyurtma berishga ulgursangiz, ruchka bilan birga sizga ruchka uchun neylonli bo`yinbog` ham berishadi :)
http://infopda.ru/article/show/id/1

Sirining ishlab chiqruvchilari, tasvirni aniqlash servizini ishga tushirdilar

Новые технологии
 
   Amerikaning Wolfram Research kompanyasi juda ko`p dasturlari bilan foydalanuvchilarni ishlarini osonlashtirganlar. Ulardan: kompyuter hisob kitobini qiluvchi Mathematica dasturi, Wolfram Alpha bilimlar bazasi va ommabop Apple ning ovozli boshqaruv tizimi Siri ham Wolfram ijod maxsuli hisoblanadi.
Endilikda kompaniya tasvirlarning aniqlash tizimi ni Wolfram Language Image Idenfication Project nomi bilan ishga tushirdi. Proekt tasvirdagi obyektni aniqlab u haqida ma`lumot bera oladi. Siz kerakli rasmni serviz saytga yuklaysiz va sizga tasvirda nima borligi haqida qisqacha ma`lumot beriladi. 
Dasturchilar uchun ham yaxshi habar bor. Wolfram Research yaqin orqada ochiq API ishlab chiqarishmoqchi. Mazkur API orqali dasturchilar Wolfram Language Image Identification Project bazasida dastur tuzishlari mumkin. Shu yo`l bilan serviz bazasi kengayadi va rasmdagi turli hil jonzotlar haqida aniqroq ma`lumot olish imkoniyati paydo bo`ladi. 
Ayni vaqtda siz ushu servizni tekshirib ko`rish imkoniyatiga egasiz:
4pda.ru/pages/go/?u=https%3A%2F%2Fwww.imageidentify.com%2F
http://infopda.ru/article/show/id/27

Bir kun u ...

Блог им. sunna7

Bir kuni uni beshigi oldiga “duo” qo`yishdi


Shunda u endi 5 kunlik edi


Akasi ham unga mehr bilan boqardi


Otasi hursand, onasi beshik tebratar edi


Bir kuni u aravachasiga “Salom” yozuvini o`rnatdi


Bu dunyo bilan salomlashishi edi


Endi o`zi yurar, 4 yoshlik bola


Akasi u bilan futbol o`ynamoqchi edi


Otasi kun bo`yi ishda, onasi esa uy bekasi edi


Bir kuni u velosipedi orqasiga “Qoch” yozuvini o`rnatdi


Juda tez haydar, yoldan hammani qochirar edi


Mahallada futbol boyicha champion edi boyaqish


Otasi kun boyi do`stlari bilan


Onasi esa uyda qo`shimcha daromad orttirar edi


Bir kuni u mototsikli ortiga “Stop” yozuvini o`rnatdi


Har doimgidek tez yurar, yo`lovchilarga yo`l bermasdi yaramas


Akasi bilan futbol chempionatida g`olib bo`lib


Ota-onasi oldiga kubok ko`tarib kelardi


Otasi aysh ishratda, onasi esa buyurtmalar bilan band edi


Bir kuni u mashinasi ortiga “O`quvchi” yozuvini o`rnatdi


Shaxsiy mashina, u o`quvchi lekin juda tez yurardi


Akasini o`yiniga shoshib, pedalni oxirigacha bosardi


Qoidalar buzilar, ko`cha to`la mashina


Yetib oldi kamazning beton ortilgan ortiga


Otasi uyga kelmas, onasi ish bilan band


Afsus bu gal bu tezlik enga bergan edi pand.


Bir kuni u mashinasiga yopishtirdi yangi belgi


Belgidagi tasvir uning hayotidan lavha edi


Endi futbol unga ertak, hayotdan yedi kaltak


“Nogironlar” belgisi mashina uchun bo`ldi dastak


Endi u shoshmas edi, sekin yurib ko`p o`ylardi


Otasi boshqa bilan, onasi vafot etdi


Faqat aka qoldi sodiq, ketmadi bir qadam yiroq


Unga o`zi bo`ldi dalda, uning uchun shamchiroq.

Fashist kundaligi

Блог им. sunna7

Kamina bugungi urush maydonida bo`lib o`tgan jangni o`z kundaligimga tushurmoqdaman, toki kuch bu qurol emas birlikda ekanligini kelajak yoshlari bilib olsin. Men Ganz Shnayder(Hainz Snaider) tarix uchun faqat haqiqatni muhr etishga qasam ichaman!!!. Soat 5:40. Biz qo`riqlayotgan Vatanimizning g`arbidan ruslar hujumga o`tishdi. Qo`qqisdan qilingan zarba biz uchun unchalik «qo`rqinchli» emas edi. Chunki biz tepalikka o`rnatgan «bunker» imizdagi pulemyotdan ruslarni birma-bir terib borar edik. Bu tavba qilmas ruslar o`z birodarlarini o`limini ko`rib ham bir qadam ortga chekinishmas edi. Havo sovuq, yomg`ir tomchilar, yerlar esa loy va sirpanchiq. Bugungi to`qnashuvda ob-havo ruslarga qarshi o`ynayotgani aniq edi. Suvarak galalariga o`xshab ruslar akoplarga kirib joylashib oldilar. Biz esa bunkerdan turib tinmay o`q yomg`irlarini ular tomon yog`dirar edik. Men pulemyotchi Myuller ning yonida turib akop tomonga granatalarni uloqtirar edim. Biz joylashgan tepalikda bir dona bunker bo`lib uni ichida 4 kishi o`tirar edik. Men, Myuller va 2 ta yordamchi askarlar. Bunker shunchalik aniq burchak ostida qurilgan ediki, bir nazar tashlaganda hech qanday raqib ortiqcha harakat qilishga imkon topa olmasdi. -Iye, dedi Myuller. Bu gazandalar akopga uxlash uchun kelganmi?!.. Birontasi boshini ko`tarmaydiya. U huddi bir narsani o`ylab qo`ygandek men tomonga sekin boshini burdi va «Ganz, seni navbating, o`ng tomondagi chuqurchada 5 ta rus o`tiribdi. Nima qilishni o`zing yaxshi bilasan» dedi. Men uni fikrini aniq tushundim va granatani mo`ljallab otdim. Bo`limimizda men granata irg`itish bo`yicha eng yaxshi askar deb topilganman shu sababli ruslar o`tirgan akopga granatani ortiqcha qiyinchiliksiz tushurdim. O`zim ham «nishonga» urganimdan hursand bo`lib durbindan akop tarafga qaradim. Granata to`g`ri borib 5 ta rus o`tirgan chuqurga tushdi. «Hozir tanalari salyutdek osmonga ko`tariladi» deb turgan edim. Bir rus granatani ustiga yotib uni portlash kuchini tanasi bilan to`xtatib qoldi. Buni ko`rgan Myuller faqatgina: -Voy iflosey, deyishga tili bordi holos. Men esa nima deyishni ham bilmay qoldim. O`z akalari yo`lda davom etishi uchun chidab bo`lmas og`riqga o`zini urdiya, qoyil. Men bo`lganimda iloji boricha kalimamni tezroq keltirgan bo`lar edim. Myuller bu voqeadan so`ng bunkerdagi pulemyotni ruslar yotgan chuqur tomon burib, o`q uza boshladi. Yordamchi askarlardan biri esa o`qlarni ketini ulab turar edi. Chuqurga granata tushgandan so`ng ularni oldi ochiq bo`lib qoldi. Myullerning pulemyot o`qlari huddi ilonga o`xshab tepalikdan chuqur tomon izma iz otilib borar edi. Shu vaqtda bir rus chuqurdan chiqib o`zini o`qga tutib berdi va chuqur og`ziga ko`ndalangiga yiqildi. U o`z tanasi bilan akalari uchun jonli baryer bo`lib ularni o`qdan himoya qilar edi. Buni ko`rgan Myullerning g`azabi ikki barobar ortib rusning tanasini ilma teshik qilib tashladi. Men bir chuqur bilan ovora bo`lib qolmaylik deya bunkerdan pastga qaradim. Ruslar akoplardan chiqib tepalikga, biz tomon bunkerga qarab sudralib chiqishar edi. -Voy ahmoq, pastga qara deb Myullerga baqirdim. Bu holatni ko`rgan Myuller chuqurdagi ruslar faqat chalg`ituvchi manyovr ekanligini angladi va jon jahti bilan baqirib, tepalikka chiqayotgan ruslarni birma — bir «tera» boshladi. O`q ovozlari bilan birga Myullerning og`zidan har hil so`kinishlar chiqar edi. Pulemyot 90 gradus burchak ostida pastga qaray olmasligi sababli unga qo`shimcha «truba» uladik, biz uni «chayon» der edik. Truba chayonning dumoga o`xshab uchi qayrilgan bo`lib pastga otishga juda qulay edi. Truba ulangandan so`ng pulemyot uzunligi yana 80 sm ga cho`zilib uchi 15 gradus pastga qiyshaygan edi. Chayon o`z ishini yaxshi bajarar edi. Ruslar huddi daraxtdagi yetilgan olmalar kabi tepalikdan to`kilib ketishar edi. Shu vaqtda birdaniga bir rus basharasi bunkerga bariqiq ovoz bilan qaradi. Uning yuzida nafrat, g`azab ko`zida esa yosh bor edi. U qo`lidagi kishanni olib pulemyot o`zagiga tezda soldida, kishanni ikkinchi uchuni o`z qo`liga bog`ladi va ikkala qo`li bilan pulemyotni o`z ko`ksiga tutib turdi. Men qo`rqib ketganimdan cho`ntagimdan pistoletimni olib unga ota boshladim, Myuller ham uning tanasiga qarab ketma-ket o`q uza boshladi. Rus askari o`lgani aniq edi lekin u kishanlar bilan pulemyotni tanasiga bog`lab qo`ygan edi. U o`ldi va o`ng qo`li bilan pulemyotga osilib qoldi. Uning og`irligi sabab pulemyot uchi pastga qarab qolgan edi va u yaroqsiz holatga kelib qolgandi. Bunker ishdan chiqdi. U endi yaroqsiz, himoya uchun har birimizda 50 tadan o`q bor. Boshqaruv biz tomondan ruslarga qarab sekin sekin o`tib borar edi. Men asosiy habar yetkazuvchi bo`lganim uchun Myuller menga o`z pasporti va ayolini rasmini berib  — Urush tugagandan keyin hotinimni topib, so`nggi so`zi «seni sevaman» bo`ldi degin hopmi?.. Bugun o`lishim aniq, ruslar bizning qurollarimizdan ham, o`zimizdan ham qo`rqishmaydi. Boyagi pulemyotdagi rusga barmog`i bilan ko`rsatib: -Hech qanday qurolsiz bunkerni egallab olish qo`lidan kelsa, qo`liga qurol bersang nima qilar ekan — a?.. Ular kerak bo`lsa bizni qoshiq bilan ham urib o`ldiradi. Ganz sen qochishing kerak. Manabu landovur askarlarni olib bazaga qoch va hozirgi bunker statusini yetkaz. Tezroq bo`laqol. dedi. Myullerni bir o`zini tashlab ketgim kelmasa ham shunga majbur edim. Bunkerni orqa eshigidan chiqib Myullerga bir nazar soldim. U cho`ntagidagi bor granatalarning halqasiga ip o`tkazib o`ng qo`liga boylab olgan edi. Kaftida esa Reyxstag emblemasi. Uni menga aytgan oxirgi so`zi: Alvido birodar bo`lib qoldi. Biz bunkerdan pastga qarab tushib borardik. Pastda maxsus mashina turar edi. Askarlardan biri rulga o`tirib mashinani o`t oldirdi. Men esa o`tirishdan oldin bunkerga so`nggi nazarimni tashladim. U yedan qattiq portlash ovozi eshitildi. Bu ovoz men uchun Myuller endi yo`q degan ma`noni anglatardi. Ko`zimda yosh bilan mashinaga o`tirdim… Hayolimda 3 ta rus aylanar edi. 3 talasi ham o`z akalari uchun jon berdi. Qanday jasorat!!!.. Kuch qurol yoki pulda emas balki birlikda ekan. Kuch birlikda... 


Bu voqea haqiqatda ham bo`lgan faqat nom, joylar o`zgaritirilgan 

18-mart qanday kun ?

Блог им. sunna7

Barchaga hayirli kun. Bugun haftaning 2 — kuni Seshanba, 18-mart. Siz bu maqolani o`qiyapsizmi demak siz ko`ra olasiz hamda tiriksiz. Bu degani siz yer yuzidagi eng baxtli 6 milliard insonlar qatoriga kirasiz. Bugun eng ajoyib kunlarning biri. Keling tarixda 18-mart qanday iz qoldirgani haqida bilib olamizBayramlar: 1871-yil 18-martda Parijda Kommunallik kuni(La Commune de Paris) birinchi bor nishonlangan hamda xozirgacha davom etadi Belarusiyada ichki sarkardalar kuni(1918-yil 18-mart) Janubiy Osetiyada qurbonlarni xotirlash kuni(1991-yil 18-mart) BuyukBritaniyada onalar kuni(17-asr boshida joriy qilingan)Xodisalar: 1931-yil 18-martda AQSH da birinchi bor elektrik soqol oluvchi uskunalar sotuvga chiqgan 1892-yil 18-martda Xokkeydagi eng yaxshi jamoaga Stenli Kubogi birinchi bor berildi(Kanada) 1662-yil 18-martda Parijda ilk bor jamoat transportlari o`z harakatini boshladi(ot ga bog`langan kareta) 1858-yil 18-martda Parijda kitob muqovachilar oilasida Rudolf Dizel olamga keldi. Xa albatta, anglaganingizdek xozirda dizel yoqilg`isiga aynan shu buyuk shaxs asos solgan.  1892-yil 27-fevralda Dizel o`zining yangi «yoqilg`isiga» patent olish uchun ariza yozadi va bir yildan so`ng «dizel yoqilg`isiga» patent oladi. 1897-yil Birinchi bor Dizel tomondan 20 ot kuchiga ega Dizel motori ishlab chiqiladi. 29-sentabr 1913-yilda Dizel uning yangi motori konstruksiyasi asosida ishlab chiqiladigan Motor Zavodi qurilishiga Londonga qayiqda bordi. Kechasi u o`zining kayutasiga ketdi va shundan keyin uni hech kim ko`rmadi.... Barchaga omad, ishlaringizga rivoj, kuningiz hayirli o`tsin deya 7FAKT :)


 


Manbaa: 7Fakt

Bu daxshat, eng ajoyib faktlar

Блог им. sunna7

Garov o`ynashim mumkin suz quyidagi faktlarni xatto eshitmagansz :) 1. Parallel to`g`ri chiziqlar kosmosda kesishadi 2. Fen-shuy — boshida o`liklarni yasantirish san`ati hisoblangan 3. Aksirganda organizmni barcha qismi xatto yurak xam to`xtaydi 4. O`rdakning g`aqillashi aks-sado bermaydi 5. Eng ko`p «otjimanie» — 46001 martta bir urunishni o`zida 6. Ilon 3 yil davomida uxlashi mumkin 7. Inson sochi umri davomida o`rtacha 725km o`sadi 8. Oq kitning yuragi Folksvagen Bug ning hajmi bilan bir xil 9. Dunyoda kuniga 100 000 000 ta odam jinsiy aloqa bilan shug`ullanadi lekin 910 000 tasi bola ko`rish maqsadida bu ishga kirishadi va urug`lanadi 10. Liztomaniya — musiqa eshitish kasali 11. Izifalofobiya — ereksiyadan qo`rqish kasalligi 12. Bir milliard sekund taxminan 37 yil degani 13. Xameleon tili uning tanasidan 2 barobar uzun 14. Maykl Jordanni 2 kursligigda bo`yi pastligi sababli basketbol komandasiga olishmagan 15. Kolibri — orqasi bilan oldinga ucha oladigan yagona qush 16. Komodo gigant kaltakesaklari kiyik, xatto kabanga ham hujum qilishadi 17. Amerikaning har 4 -aholisini televizorda ko`rsatishgan 18. Agar yashil kanareykani qizil garimdori bilan boqsa, uning patlari olovrang tusni oladi 19. Osmonda aerobalansni ushlash uchun burgut pastga sho`ng`iyotganda ikkala qanotidan bir xil miqdorda pat to`kadi 20. 18-asrda Rus soldatlari Fridirix bilan bo`lib o`tgan jangdan so`ng Moskva va Peterburgga tarakan olib kelishgan. Bundan oldin tarakan bo`lmagan 21. Yong`oqni chaqish uchun uni issiq suvga 48 soatga qo`yish lozim 22. Xeops piramida plitalari orasiga xatto lezvie(piska) ham qo`yib bo`lmaydi 23. Finlandiyada xotinini tortish chempionati bor. Yutgan odam ayolini og`irligi miqdorida pivo sohibi bo`ladi 24. Xaydovchilar, ovchilarga qaraganda ko`proq kiyik o`ldirishadi


 


Manbaa: 7Fakt

8-mart kalendarda

Блог им. sunna7

8-mart bugun onajonlar bayramiYo`llariga poyondozDasta gullar boylami :)Bugun muhtarama ayollarimiz uchun maxsus kun :). Ularni 7fakt chin qalbidan tabriklaydi :). Lekin 8-mart da dunyoda ayollar bayramidan ham muhimroq hodisalar bo`lib o`tgan. Marhamat tanishamiz:8-Mart Butunjahon ayol-qizlar bayrami[/*]Xindistonda bo`lsa bugun Xoli bayrami o`tkaziladi. Hamma bir biriga bo`yoqlar otishadi, qo`shiqlar, raqslar....1929-yil 8-martda Leningradda Teatrli Jazz namoyishi bo`lib o`tdi1857-yil 8-martda Nyu-York ning Manhetten ko`chasida ayollar ish haqini oshirish to`g`risidagi protestlari bilan bo`sh kastruylkalarni taqillatib miting uyushtirishdi. Aynan shu omil 8-mart ayollar bayrami bo`lishiga asosiy sababchiNyu-Yorkda 1862-yil 8-martda Nataniel Gordon nomli qaroqchini osib o`ldirishdi


Tarixda bu kun qanday iz qoldirmagan bo`lsin bugun eng ajoyib kun. Siz ham shundan harakat qilingki aynan shu kun tarixda sizning nomingiz bilan muhrlanib qolsin. Albatta Nyu Yorklik qaroqchi bo`lishingiz shart emas :)


 


Boshqa kunlar haqida ma`lumot Kalendardan behabar qolib ketmang